Abituriyentlar hujjatlarni onlayn ravishda admission.ytit.uz veb sahifasi orqali topshirishlari mumkin.

Taqdim etiladigan hujjatlar: Pasport nusxasi Maktab/litsey/kollejni tamomlaganligi haqidagi hujjat (diplom/attestat) Rasm – 3.5x4.5sm (rasmga tushgan muddati 3 oydan oshmagan bo‘lishi lozim) IELTS (5.5) yoki TOPIK (3) sertifikatlar nusxasi (mavjud bo‘lsa) Kirish imtihonlari avgust oyida institut binosida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Imtihon qay tarzda bo‘lishi va sanalari xaqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi. Ta'lim yo‘nalishidan kelib chiqqan holda, imtihon fanlari quyidagicha:

Arxitektura va shaharsozlik – Matematika va ingliz tili Qurilish - Matematika va ingliz tili Turizm – Tarix va Ingliz tili Muqobil energiya – Matematika va Ingliz tili Biznesni boshqarish - Matematika va Ingliz tili Xalqaro marketing - Matematika va Ingliz tili

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - Matematika va Ingliz tili Boshlang‘ich ta'lim – Ona tili (o‘zbek, rus tili) va Ingliz tili Maktabgacha ta'lim – Biologiya va Ingliz tili Koreys tili filologiyasi – Ingliz tili va ona tili (o‘zbek, rus tili) Chiroy estetikasi - Kimyo va Biologiya Bank ishi - Matematika va Ingliz tili

Buxgalteriya - Matematika va Ingliz tili Moliya - Matematika va Ingliz tili English education – IELTS 5.5 sertifikati yoki suhbat Liboslar dizayni – Ijodiy imtihon (Qalamtasvir va kompozitsion libos) Lift muhandisligi – Matematika va Fizika

Institut tomonidan iqtidorli abituriyentlar uchun quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

IELTS 7 yoki TOPIK 4 darajaga ega bo‘lgan abituriyentlar institutning 1-kursiga insho va suhbat orqali qabul qilinadilar; So‘nggi 2 yil ichida Matematika, Ingliz tili, Ona tili va adabiyot, Biologiya, Kimyo va Tarix fanlaridan Xalqaro va Respublika olimpiadalarda 1-2-3-o‘rinlarni egallagan abituriyentlar suhbat asosida institutning 1-kursiga qabul qilinadilar.

«Men psixologiya fanlari doktoriman va AQSh elchixonasi tomonidan ajratilgan grant asosida hozir shu yerdaman.

Hozirda YoDJU texnika universitetida o‘qituvchi sifatida ishlayapman. Bu yerda turli yangi g‘oyalarni va innovatsiyalarni har kuni ko‘rishingiz, turli malakali spikerlarni uchratishingiz mumkin. Biz yangi g‘oyalarni yangi yo‘llar bilan o‘rgatishga harakat qilamiz. Bugun o‘rganganlarimizni kim qaysi sohada ishlasa, o‘sha sohada qo‘llay oladi deb umid qilaman», — deydi anjuman ishtirokchisi Lauriye Volfe.

«Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti xususiy oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

Masalan, Harvard o‘z bitiruvchilari falon miqdorda oylik olishlarini kafolatlaydi, qachonki ular Harvardning talablarini bajarishsa. Harvardda o‘qib, uning diplomini olgan bilan bunday kafolat berilmaydi. Diplom – oddiy bir qog‘oz. Masalan, men ham Top-100likka kiruvchi Birmingem universitetida o‘qidim, diplomim bor. Ammo xorijda qayergadir ishga kirish uchun hujjat topshirsam, meni albatta testdan, suhbatdan o‘tkazishadi, bilimim diplomimga mosligini aniqlab, keyin ishga olishadi», deya Janpo‘lat Kudaybergenovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Rektorning qayd etishicha, Yodju texnika institutiga ko‘pchilik o‘qimasdan turib, turli yo‘llar bilan diplomni olish haqida so‘rab keladi.

«Xususiy oliy ta'lim muassasasi rahbari sifatida aytaman, biz istitutimizda o‘qimaganlarga diplom bermaymiz. Agar hozir xususiy sektordagilar talabgorlarga qaysidir yo‘llar bilan diplomni beraversa, tanish-bilishchilik qilinsa, to‘rt yildan keyin odam kelmay qo‘yadi.

Rektor institutda talabalarga stipendiya berilmasligi

biroq bu yil eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan besh nafar talabaning kontarkt to‘lovi OTM tomonidan to‘lab berilganini, bu ham haqiqiy bilim hamisha qadrlanishining tasdig‘i ekanini ta'kidladi.

Yodju rektori: «Bizda «NB» degan narsa yo‘q! Davomat bo‘yicha jurnal yuritilmaydi»

Janpo‘lat Kudaybergenov o‘zi rahbarlik qilayotgan Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida «NB» degan narsa yo‘qligi, talabalarning davomati qayd etib boriladigan jurnal yuritilmasligini ma'lum qildi.

Do you want to get our latest updates?

Please subscribe our newsletter for upcoming new videos and latest information about our work. Thank you.